#Akademiya_xabarlari
Barchangizga maʼlum, “Turon” futbol klubi tashkil etilganidan buyon klub akademiyasi faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish, yoshlar jamoalariga alohida yondashuvga asosan eʼtibor qaratish, yosh iqtidorlarini aniqlash va ularni munosib tarbiyalab, turli yoshdagi terma jamoalariga yetkazib berish kabi maqsadlarni amalga oshirib keladi. Xususan, bugungi kunda klubimiz akademiyasida barcha yosh toifasidagi jamoalar mavjud va ushbu jamoalarda qator malakali murabbiylar faoliyat olib borishmoqda.
Bugun yosh futbolchilarni katta futbolga munosib tayyorlab borish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “OʻFA Birinchiligi-2023” xududiy futbol musobaqasi start oldi. Taʼkidlash joiz, mazkur musobaqada klubimizning 4 ta yosh toifasi (U-13, U-14, U-15, U-16)dagi jamoalari ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning ilk turini Ahrorjon Qurbonov va Ibrohim Mamadaliyevlar bosh murabbiyligidagi U-13 va U-15 jamoalarimiz oʻz maydonlarida “Shahrixon” futbol maktabining ushbu yosh toifasidagi jamoalariga qarshi oʻtkazishdi va ushbu uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.
O’FA Birinchiligi. 1-tur.
30-mart, payshanba.
“Oʻzbekiston” oʻyingohi zaxira maydoni. Yaypan shahri.
“Turon” (U-13) — “Shahrixon“ FM (U-13) 6:0
”Turon“ (U-15) — “Shahrixon” FM (U-15) 3:0
Maʼlumot oʻrnida, U-14 va U-16 yoshlar jamoalarimiz ertaga safarda “Shahrixon” futbol maktabining ayni yosh toifasidagi jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
“Turon” matbuot xizmati