Coca-Cola Superligada 9-tur bellashuvlari bo’lib o’tdi. Tur doirasida o’z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qilgan Denis Bushuyev bosh murabbiyligidagi asosiy tarkib jamoamiz vakillari penaltidan urilgan gol evaziga 0:1 hisobida mag’lubiyatga uchradilar.
Coca-Cola Superliga. 9-tur
6-may, shanba
TURON — PAXTAKOR 0:1
Yaypan. «O’zbekiston» stadioni. 2340 tomoshabin
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Sanjar Nazarov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
AVAR hakami: Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gol: Dragan Cheran, 40-pen. (0:1)
Noaniq penalti: Humoyun Murtozayev, 12 (Turon)
Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov, 78, Nikola Kumburovich, 78 — Farruh Sayfiyev, 68, Maksim Shatskih, 68 (murabbiy).
“Turon” matbuot xizmati