Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida oʻzbek futbolining faxriy namoyondasi, “Metallurg” klubining sobiq rahbari V.I.Kalugin xotirasiga bagʻishlangan xalqaro futbol turniri boʻlib oʻtdi. 2007-2008 yillarda tugʻilgan yosh futbolchilar oʻrtasida tashkil etilgan mazkur turnirda Mirsaid Muralimov bosh murabbiyligidagi “Turon” (U-16) jamoamiz ham ishtirok etdi. Musobaqaning guruh va pley-off bosqichlarida muvaffaqiyatli natijalarni qayd etgan vakillarimiz bosh sovrin uchun kechadigan final bahsiga qadar yetib borib, turnirning kumush medallarini qoʻlga kiritdilar.


Quyida U-16 jamoamiz mazkur turnirda qayd etgan natijalar bilan tanishing.

Guruh bosqichi:

“Gʻazalkent” — “Turon” 0:6

AGK BOʻSM — “Turon“ 0:3

Samarqand OLK — ”Turon“ 1:1

Chorak final.

”Dinamo“ — ”Turon“ 0:1

Yarim final.

”Navbahor“ — ”Turon“ 0:2

Final uchrashuvi.

AGMK — ”Turon“ 2:1

Xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytayotgan yoshlar jamoamiz vakillariga navbatdagi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

«Turon» matbuot xizmati

Дўстларга улашинг: