O‘zbekiston kubogi musobaqasida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bosqich doirasida Yorqin Nazarov bosh murabbiyligidagi “Turon” jamoamiz Qarshining “Nasaf” klubiga to‘qnash keldi va shiddatli o‘tgan bahsda 1:2 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
O’zbekiston kubogi. 1/4 final.
2-sentyabr, shanba.
TURON — NASAF 1:2
Yaypan. «O’zbekiston» stadioni. 1695 tomoshabin
Hakamlar: Ahrol Risqulloyev, Husniddin Bahodirov, Oybek Kalaxo’jayev, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov
Komissar: Jahongir Rahmatullayev
Gollar: Rustamxon Azimov, 17 (1:0), Oybek Bozorov, 76 (1:1), G’olib G’aybullayev, 90+3 (1:2)
Ogohlantirishlar: Abdulazizxon Abdurashidov, 45+1 — Suhrob Nurulloyev, 8.
“Turon” matbuot xizmati