Xabaringiz bor, “Turon” jamoamiz yangi 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston tumani hokimligining anjumanlar zalida yangi 2023-yilgi mavsum oldidan taqdimot marosimi oʻtkazildi.
Taqdimot marosimida klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, jamoa muxlislari bilan bir qatorda Oʻzbekiston tumani hokimi Sherzodjon Yuldashev va boshqa mutassaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan taqdimot marosimi davomida soʻzga chiqqan tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev, jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov va fan klub raisi Amirullo Sobirovlar oʻz samimiy dil izhorlarini bildirgan xolda boshlanayotgan yangi mavsumda “Turon” futbol klubiga omad va muvaffaqiyatlar tilab tilak bildirdilar.
«Turon” matbuot xizmati