Coca-Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Tur doirasida o’z maydonlarida Termizning “Surxon” klubiga qarshi maydonga chiqqan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi asosiy tarkib jamoamiz vakillari 1:1 hisobidagi durang natijaga imzo chekdilar.
Coca-Cola Superliga. 3-tur.
TURON — SURXON 1:1
Yaypan. «O’zbekiston» stadioni. 2002 tomoshabin.
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Sardor Ismatullayev
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR hakami: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Shohnazar Norbekov, 39 (1:0), Tamirlan Jamalutdinov, 89 pen (1:1)
Ogohlantirishlar: yo’q — Silvanus Nimeli, 26, Kamron Saydazimov, 73, Dostonbek Tursunov, 78.
“Turon” matbuot xizmati