#Akademiya_xabarlari
Xabaringiz bor, kuni kecha yosh futbolchilar oʻrtasida tashkil etilayotgan xududiy “OʻFA Birinchiligi-2023” musobaqasiga start berilgandi. Dastlabki tur doirasida U-13 va U-15 jamoa “Shahrixon” futbol maktabining ayni yosh toifasidagi jamoalari bilan toʻqnash kelishib, yirik hisobdagi gʻalabalarga erishganliklarini avvalgi xabarlarimizda maʼlumot berib oʻtgandik.
Bugun Mirsaid Muralimov va Samandar Meliboyevlar bosh murabbiyligidagi U-14 va U-16 jamoalarimiz safarda “Shahrixon” futbol maktabining ushbu yosh toifasidagi jamoalariga qarshi maydonga tushishdi va quyidagicha natijalar qayd etildi.
OʻFA-Birinchiligi. 1-tur.
“Shahrixon” FM U14 — “Turon” U-14 2:4
“Shahrixon“ FM U16 — “Turon” U16 2:2
Guvohi boʻlganingizdek, klubimiz akademiyasining yosh jamoalari dastlabki tur uchrashuvlarida muvaffaqiyatli natijalarni qayd etishdi. Jamoamiz muxlislari nomidan yoshlar jamoalarimizga navbatdagi tur bahslarida omad va gʻalabalar yor boʻlishini tilab qolamiz.
«Turon” matbuot xizmati