Coca-Cola Superligada 11-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Tur doirasida o’z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qilgan vakillarimiz 1:1 hisobida jangovor durang natijaga imzo chekdilar.
Coca-Cola Superliga. 11-tur
21-may, yakshanba
TURON — OKMK 1:1
Yaypan. «O’zbekiston» stadioni. 3125 tomoshabin
Hakamlar: Akmal Rahimov, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Lochin Dolimov
VAR hakami: Asker Najafaliyev
AVAR hakami: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sardor Qudratullayev
Gollar: Sanjar Tursunov, 54 (0:1), Xurshid Muxtorov, 80 pen (1:1)
Ogohlantirishlar: Rahimjon Davronov, 90 — Sanjar Tursunov, 11
Chetlatish: Dilshod Ahmadaliyev, 78 (OKMK).
“Turon” matbuot xizmati