O’zbekiston kubogi musobaqasida 3-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Tur doirasida o’z maydonida “Yangiyer”ga qarshi bahs olib borgan vakillarimiz kichik 1:0 hisobidagi muhim g’alabaga erishdilar. Mazkur natija jamoamizni guruhda 1-o’rin bilan navbatdagi bosqichga olib chiqdi.


O’zbekiston kubogi.

«D» guruhi, 3-tur

TURON — YANGIYER 1:0

Yaypan. «O’zbekiston» stadioni. 788 tomoshabin

Hakamlar: Lochin Dolimov, Nikita Afinogenov, Abduhamid Abduraimov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Islom Rahimov
Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Zakariya Beglarashvili, 75 (1:0)

Ogohlantirishlar: Abega Enyang Ngu, 57, Nikola Kumburovich, 71, Xurshidbek Muxtorov, 81, Azimjon Ahmedov, 89 — Bekzod Tolibjonov, 57, Mirhayit Xoldorov, 60.

3-tur uchrashuvlaridan so’ng guruhning yakuniy jadvali:

“Turon” matbuot xizmati

Дўстларга улашинг: