Coca-Cola Superligada 14-tur uchrashuvlariga start berildi. Tur doirasida Yorqin Nazarov bosh murabbiyligidagi “Turon” jamoamiz safarda Buxoroning “Buxoro” klubi mehmoni bo’ldi. Dramatik tarzda kechgan o’yinda vakillarimiz 3:2 hisobidagi muhim g’alabaga erishdilar.
Coca-Cola Superliga. 14-tur
27-iyul, payshanba
BUXORO — TURON 2:3
Buxoro. «Buxoro» SM. 7996 tomoshabin
Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Jahongir Noraliyev
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR hakami: Zilola Rahmatova
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gollar: Fayzullobek Jumanqo’ziyev, 21 (0:1), Shohmalik Komilov, 64 (0:2), Mahmud Jo’raboyev, 82 (1:2), Shohruz Norxonov, 84 penalti (2:2), Asadbek Saidxonov, 90+6 (2:3)
Ogohlantirishlar: Dilshod Jo’rayev, 16, Aleksandar Stanisavlevich, 43 — Xurshid Muxtorov, 83
Chetlatish: Vsevolod Nixayev, 16 (Buxoro).
“Turon” matbuot xizmati