Joriy yilning 29-30 iyul  kunlari Qozogʻiston poytaxti Astana shahrida butunjahon skautlari va murabbiylari ishtirokida xalqaro futbol koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Qozogʻiston va rossiyalik mutaxassislar xamkorligida oʻtkazilgan ushbu loyihada Oʻzbekistondan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, taniqli sobiq  futbolchi Server Djeparov taniqli yoshlar murabbiyi Dmitriy Kim, Fargʻona futbol Akademiyasi direktori Sherzod Rayimjonov, “Real Madrid” akademiyasi (Bekobod) murabbiy skauti Bobur Madaminov, taniqli futbol agenti Farrux Sayfullayev, “Turon” futbol klubi U-21 jamoasi bosh murabbiyi Diyorbek Mirzaboyevlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, boshqa davlatlardan taniqli nigeriyalik sobiq futbolchi Djey-Djey Okocha, Senegal terma jamoasi sobiq sardori Xalilk Fadiga, hozirda Londonning “Arsenal” jamoasi futbolchisi Aleksandr Zinchenkoni kashf qilgan agent Alan Prudnikov ham qatnashdilar. Bundan tashqari Turkiyaning “Trabzonspor”, Belarusiyaning BATE, Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung”, Rossiya chempionati vakili “Spartak” Moskva skautlari, yana Belgiya davlatidan tashrif buyurgan taniqli skaut-mutaxassislarning ham ishtiroki taʼminlandi.

Quvonarlisi, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov loyihaning asosiy oʻyinida bosh hakam vazifasini bajarib berdi.
Bu albatta ushbu loyihaning ahamiyati nechogʻlik katta ekanligidan dalolat beradi.

Musobaqaning final oʻyini K.J Liga (Qozogʻiston yoshlar ligasi terma jamoasi) va  “Super Ball” loyihasi yoshlar terma jamoasi oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Xamkorlikda oʻtkazilayotgan ushbu loyiha butunjahon futbol skautlari va yoshlar murabbiylarini oʻzaro tajriba va fikr almashish vazifasini xam oʻtab berdi.

“Turon” matbuot xizmati

Дўстларга улашинг: